
Coca-Cola Superliga 1-turi doirasida mehmonda “Metallurg” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozongan “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko mavsumoldi yig‘inlar sifatli o‘tkazilgani bugun jamoaning g‘alabasiga katta yordam berganini aytdi.
“Avvalo bugungi g‘alaba jamoaning jismoniy holati yaxshi ekanini bildiradi. Mavsumoldi yig‘inlar sifatli o‘tkazilgani bugun bizga yordam berdi. Jismoniy holatimiz raqibnikidan yaxshiroq ekani ko‘rindi”.
“Raxbarimiz ambitsiyasi juda kuchli odam. Shu bois, bizga ham doim yuqori talablarni qo‘yadi. Biz ham shu qatorda yuqori marralarni ko‘zlaymiz. Shunga yarasha tayyorgarlik qildik. Mavsumdagi maqsadlarimiz juda katta”.
“Lutfulla To‘raev va Anvar G‘ofurov mashqlarni boshlashdi. Tiklanish uchun 2-3 hafta vaqt kerak va hozircha ular engil mashg‘ulotlarga kirishishdi”.