
Coca-Cola Superliga 1-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Neftchi” (0:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Luisma Ernandes o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ochig‘i, mavsum oldidan etarlicha tayyorgarlik ko‘rmadik. Yig‘inlardan ko‘nglim uncha to‘lmadi. Ammo, bularning ustida ishlaymiz”, - deydi Ernandez.
“Birinchi taymda yo‘l qo‘ygan xatolarimiz tufayli gollar o‘tkazib yubordik. Vaziyatni o‘nglash uchun butun jamoa bo‘lib oldinga tashlandik, ammo buni uddasidan chiqa olmadik”.
“Ivan Yosovich va Damir Temirov jarohatlari tufayli safga keyinroq qo‘shiladilar. Dastlabki ikki golda Lobanov xato qildimi? Buni keyinchalik ko‘rib chiqamiz”