Maksim Shatskix: “Paxtakor” terma jamoalarga o‘yinchi yetishtirib beradigan homiy

 Coca-Cola Superliga 1-turi doirasida o‘z uyida “Olimpik”ka mag‘lub bo‘lgan “Paxtakor” klubi ustozi Maksim Shatskix jamoa o‘yinidagi kamchiliklar, zaxira muammosi va rotatsiya haqida fikr bildirdi.

“Bugun futbolchilarga ishtiyoq yetishmadi. Bunday qiyinchiliklarga moslashib oldik. O‘zimizga kelib olishimiz uchun oldin gol o‘tkazishimiz kerak. Shundan keyingina o‘ynashni boshlaymiz”, - deydi murabbiy.

“Rashidov hujum chizig‘ida, ortida esa Cheran o‘ynadi. Vaziyatlar yetarlicha, ammo ulardan foydanala olmayapmiz. Muammo shunda. Raqib minimal imkoniyatdan maksimal foyda chiqara oldi”.

“Muxlislar zaxiradan o‘yinchi tushirishimni istashayapti. Ammo, kimni? Sakkiz nafar futbolchimiz terma ixtiyorida. “Olimpik”ning barcha futbolchilari aslida “Paxtakor” futbolchilari. “Paxtakor terma jamoalarga o‘yinchi etishtirib beradigan homiy”dek”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb