
Coca Cola Superliga 1-turi doirasida mehmonda amaldagi chempion - “Paxtakor”ni mag‘lub etgan “Olimpik” klubi bosh murabbiyi Timur Kapadze uchrashuvda uning shogirdlari raqibidan yaxshiroq o‘ynaganini aytdi.
“Mavsum starti bilan hamma muxlislarni tabriklayman. O‘ylaymanki, mavsum qiziqarli va yuqori saviyada o‘tadi. Bugun biz “Paxtakor”dan yaxshiroq o‘ynadik va haqli g‘alabaga erishdik”, - deydi Kapadze.
“Birinchi bo‘limdan so‘ng Mirsaidov va Turg‘unboevni o‘zaro yarashtirib qo‘ydim. Maydondagi narsa maydonda qolishi kerak”.
“Ikkinchi goldagi holat bo‘yicha darvozabonlar bilan ishlaydigan murabbiy bilan gaplashib olaman”.