Liga klublar matbuot xizmati vakillari uchun seminar o‘tkazdi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superliga, Pro liga, Birinchi liga, shuningdek futzal klublari matbuot xizmati vakillari uchun seminar tashkil etdi. 

Mamlakat chempionati hamda kubok bellashuvlari natijalari va o‘yin atrofidagi voqealar haqida batafsil ma’lumot berish, ishqibozlarni sevimli jamoalari hayotiga oid yangiliklardan hamisha tezkorlik bilan boxabar etib borishda klublar matbuot xizmatlarining o‘rni beqiyos. So‘nggi yillarga kelib klublarimiz matbuot xizmatlari faoliyati ancha o‘sdi. Hozirgi kunga kelib klublarning matbuot xizmatlari ancha barqaror ish olib bormoqda. Klublar rasmiy saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari muntazam yangiliklar va foto/videomateriallar bilan boyitib borilmoqda. 

Seminar davomida mavjud yutuq va kamchiliklar muhokama etildi, xususan o‘tgan mavsum matbuot xizmatlari duch kelgan masalalar, ularning echimi, klublar rasmiy saytlarining uzlyuksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek yangi mavsumdagi rejalar kelishib olindi.








mib
uzcard
cola
apex
bmb