Oltiariqning “Do‘stlik” jamoasi Birinchi ligada ishtirok etmaydi

2022-yilgi mavsumni Birinchi ligada o‘tkazib, yakunda 14 klub orasida 11-o‘rinni band qilgan Oltiariqning “Do‘stlik” jamoasi moliyaviy muammolar girdobida qolgan. 

Shundan kelib chiqib, jamoa 23-fevral kuni 3-sonli xat bilan Birinchi ligada ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi. Ayni vaqtda Oltiariq jamoasini moliyalashtiruvchi manbaa mavjud emas. 

“Do‘stlik” Oltiariq jamoasi qatnashchilar safidan chiqariladi, biroq tashkilot to‘liq tugatilmaguniga qadar u Liga a’zosi bo‘lib qoladi. Jamoa rasmiylari Liganing Umumiy yig‘ilishlarida ishtirok etish huquqini saqlab qoladi. Ishonamizki, mazkur jamoaga Liga qatnashchilari safiga qaytish yana nasib qiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb