Pro ligada ishtirok etish uchun Liga tomonidan qo‘yilgan talablarni o‘z vaqtida bajara olmagan “Zomin bo‘rilari” futbol klubi moliyalashtirish manbasi, shuningdek, ma’muriy tuzilma jihatidan to‘liq shakllanmagani bois 2023-yilgi mavsumda Birinchi ligada qatnashishi haqida ma’lumot berilgan edi.
Zominliklar kuni kecha 2023-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi, yangi shakllantirilgan shtat birliklari jadvali, shuningdek, jamoa uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Zomin markaziy” stadioni bo‘yicha hujjatlarni Ligaga to‘liq taqdim etdi. Hozirga kelib ushbu klubning qarzdorliklari masalasi bartaraf etilgan. Ushbu omillarni inobatga olgan holda “Zomin bo‘rilari” futbol klubi 2023-yilni Birinchi ligada o‘tkazadigan bo‘ldi.
Klub direktori sifatida ayni paytda Shuxrat Hakimov faoliyat olib bormoqda. Zomin tumani hokimi jamoani moliyalashtirishga kafolat bergan.