O‘zbekiston Superkubogi-2023. Uchrashuvni o‘tkazish bilan bog‘liq vaziyat haqida

O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2022-yilgi mavsumni O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bilan ochib bergandi. O‘tgan mavsum uning doirasida “Paxtakor” va “Nasaf” klublari Yaypanda to‘qnash kelgandi. 

Joriy mavsum ham Superkubok uchrashuvi bilan boshlanishi rejalashtirilgandi. Biroq qator sabablar tufayli buning ilojisi bo‘lmadi. Birinchi galda OFK “Nasaf” ishtirok etishi kerak bo‘lgan Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvni 3-fevral sanasidan 19-fevral sanasiga ko‘chirdi. Liga Qarshi klubining muvaffaqiyatiga umid qilgani holda Superkubok uchrashuvini fevralda o‘tkazish rejasini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi hamda uni 14-mart sanasiga qadar surdi. Rejaga ko‘ra, “Nasaf” va “Paxtakor” shu kuni Superkubok doirasida saf tortishi va 18-mart kuni Coca-cola Superliganing 3-turida maydonga chiqishi kerak edi. Biroq assotsiatsiya milliy terma FIFA kuni boshlanmay turib yig‘ilishi hamda unga ko‘proq futbolchi berayotgan klublar ishtirokidagi o‘yinlarni 17-mart sanasiga qo‘yishni so‘radi. Bu esa tabiiyki Toshkent va Qarshi jamoalariga murakkablik tug‘diradi.

Shundan kelib chiqib, Superkubok o‘yini 14-mart kuni o‘tkazilmaydi. O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlangach, Superkubokning keyingi aniq sanasi alohida e’lon qilinadi. O‘zbekiston kubogining qur’asi, shuningdek, Superliga va Pro liganing aprel va undan keyingi oy uchun rejalariga oydinlik kiritish uchun ham yordam beradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb