Coca-Cola Superliga. OKMK “Bunyodkor” bilan 13-mart kuni maydonga tushadi

Coca-Cola Superliga 2-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — OKMK o‘yini sanasi “Bunyodkor” stadioni U20 Osiyo kubogiga mezbonlik qilayotgani, qolaversa, OKMK joriy mavsum “Jar” stadionidan foydalanayotgani va mazkur stadion ham xalqaro o‘yinlarga xizmat qilayotganidan kelib chiqib, noaniq bo‘lib turgandi. 

Liga taqvim juda zich ekanligi sababli “Bunyodkor” klubiga mazkur uchrashuv uchun boshqa stadion topish masalasida taklif bilan chiqdi. Biroq Toshkent jamoasi bu borada konkret fikr bildirmadi. OKMK esa avgust oyida Chempionlar ligasi saralashida ishtirok etishi, qolaversa, FIFA kunlari sabab taqvimda murakkabliklar bor ekanligini tushungani holda 2-turda “Bunyodkor”ni mezbon sifatida “Paxtakor” arenasida qabul qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. 

Shundan kelib chiqib, 2-tur doirasidagi bellashuv OKMK — “Bunyodkor” maqomida “Paxtakor” stadionida 13-mart kuni bo‘lib o‘tishi yuzasidan qaror qabul qilindi. Ma’lumki, 11-mart sanasida mazkur stadionda “Surxon” — “Andijon” uchrashuvi o‘tkaziladi. O‘z navbatida II davrada OKMK o‘zaro o‘yin uchun “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyuradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb