“So‘g‘diyona” stadioni taxminan 1-maydan boshlab futbol uchrashuvlarini qabul qiladi

Liga mutaxassislari 26-yanvar kuni Jizzax shahrida bo‘ldi. Bundan maqsad “So‘g‘diyona” stadioni va klub qarorgohining mavsumga tayyorlanish jarayonini o‘rganish edi. 

2022-yilgi mavsumga kelib Jizzaxdagi asosiy stadion maysasi holatida salbiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi. Shundan kelib chiqib, o‘tgan yilning iyun oyida Liga 2023-yilgi mavsum Superliga uchrashuvlari mazkur maydonda o‘tkazilmasligini klubga rasman ma’lum qildi. Yil yakuniga qadar “So‘g‘diyona” OFK kubogi bellashuvlarini Jizzaxda qabul qilishi ko‘zda tutilgandi. Klub ilk bor xalqaro maydonda ishtirok etayotgani bunda inobatga olindi. 

2022-yil bahorida viloyat futbol mahorat maktabi maydoniga yangi chim yotqizilgan bo‘lib, mazkur chim 1 yil davomida viloyatdagi asosiy maydon uchun parvarish qilinishi ko‘zda tutilgandi. Liga va klub o‘rtasidagi kelishuv asosida 2022-yilgi mavsum so‘ngida “So‘g‘diyona” stadionida ta’mirlash ishlari boshlandi va hozirga qadar u faol davom etmoqda. Bugun Liga stadion va klub qarorgohida mavjud kamchiliklar yuzasidan tuzilgan bayonnomani “So‘g‘diyona”ga taqdim etdi. Ular shu yilning fevral oyi yakuniga qadar bartaraf etilishi talab etiladi. 

Mutaxassislar taxminiga ko‘ra “So‘g‘diyona” maydoni Superliga uchrashuvlari uchun 1 may sanasida tayyor bo‘ladi. Unga qadar klub 1-fevralga qadar o‘z uy uchrashuvlarini vaqtincha o‘tkazib turuvchi stadion nomini Ligaga taqdim etishi lozim.

mib
uzcard
cola
apex
bmb