O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida qanday masalalar ko‘rib chiqildi?
16-dekabr kuni O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
• “Superliga va Pro liga reglamenti” loyihasi;
• Superliga formati va Pro ligaga kiritilayotgan o‘zgarishlar masalasi;
• 2023-yilgi mavsum taqvimi loyihasi;
• 2023-yilgi musobaqalar uchun qatnashchilik badali, musobaqaga qo‘shilish badali, legioner futbolchilar va xorijlik mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov miqdori;
• O‘zPFL hisobidagi undirishning imkoni mavjud bo‘lmagan qarzlardan voz kechish va uni hisobdan chiqarish masalasi;
• musobaqalar qatnashchilariga O‘zPFL tomonidan taqdim etiladigan to‘plar masalasi;
• Hawk-Eye Innovations va O‘FA o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq VAR tizimining 2023-yil uchun litsenziyasi to‘lovini to‘lab berish masalasi;
• O‘zPFLning Jahon professional futbol ligalari assotsiatsiyasi a’zosiga aylanishi masalasi.
Ijroqo‘m yig‘ilishida uning 9 a’zosidan 8 nafari ishtirok etdi. A’zolar orasidan Aziza Tatlimuratova ayni vaqtda Qatarda bo‘lib turganidan kelib chiqib, yig‘ilishda ishtirok eta olmadi.
Bugun kun davomida Ijroqo‘m yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan masalalarga batafsil to‘xtalib o‘tiladi.