
2022 yilning 26-noyabr kunida O‘FA hamda O‘zPFL mavsum yakunlariga bag‘ishlab Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi — "Eng Zo‘r UZ Football Awards-2022" tadbirini o‘tkazadi.
Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi va Oliy liganing eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar:
Mahliyo Sarikova — Chempion, kubok sohibi, Oliy ligada 16 o‘yin, 12 gol.
Ilvina Ablyakimova — Oliy liga sovrindori, 18 o‘yin, 11 gol, CAFA Women’s Championship-2022 g‘olibi.
Diyora Xabibullayeva — Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati-2022 G‘arb mintaqasi g‘olibi, O‘zbekiston Superkubogi sohibi, Oliy liga sovrindori, Oliy ligada 20 o‘yin, 37 gol , CAFA Women’s Championship-2022 g‘olibi.
Maftuna Shoyimova — Chempion, kubok sohibi, CAFA Women’s Championship-2022 g‘olibi, Oliy ligada 21 o‘yin, 20 gol.
Aziza Norboyeva — Oliy liga sovrindori, 21 o‘yin, 13 gol, CAFA Women’s Championship-2022 g‘olibi.