
2022 yilning 26 noyabr kunida O‘FA hamda O‘zPFL mavsum yakunlariga bag‘ishlab Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi — "Eng Zo‘r UZ Football Awards-2022" tadbirini o‘tkazadi.
Coca-Cola Superligada yil murabbiyi bo‘lishga nomzodlar quyidagilar:
Samvel Babayan — "Navbahor" bilan jamoa tarixidagi dastlabki kumush medalni qo‘lga kiritdi, OChL yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Mirjalol Qosimov — AGMK mavsumni 4-pog‘onada yakunladi va OChL yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Ro‘ziqul Berdiyev — "Nasaf" bilan Superliga bronza medali sohibi hamda OChL yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Timur Kapadze — "Olimpik" dastlabki mavsumdayoq kuchli oltilikdan o‘rin egalladi.