Pro liga uchun o‘tish o‘yini o‘tkazilmaydi

“2022-yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 19.4-bandiga ko‘ra Pro ligada 9-o‘rinni egallagan jamoa mazkur ligadagi o‘rnini saqlab qolishi uchun Birinchi liganing ikkinchi klubiga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etishi lozim. 

Shunga qaramay, O‘zbekiston Professional futbol ligasi mazkur bellashuvni o‘tkazmaydi. Bu borada tashkilot shu yilning may oyidan buyon boshqa rejalar ishlab chiqqan bo‘lib, milliy litsenziyalash talablari asosida 5 ta klubni monitoringdan o‘tkazadi. Ya’ni, Pro liga talablarini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan klublar, shuningdek, Birinchi liga orqali Pro liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan yoki shuning arafasida turgan klublarning barchasi ishtirokida umumiy yig‘ilish tashkil etiladi. 

Mazkur jarayonlar haqida O‘zPFL qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi. Unga qadar esa “Navbahor-farm”, “Zomin”, “Aral” kabi jamoalarning 2022-yil davomidagi ishtiroki tahlil qilinadi, ularning Pro ligadagi ishtirokiga faqatgina belgilangan litsenziyalash talablarini bajarish shartida ruxsat etiladi. Mazkur talab Reglamentning 6.1-bandi asosida kuchga kiradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb