Bugun O‘zbekiston Coca-Cola Superligasining 2022 yilgi mavsumi yakunlandi. Unda chempion jamoa nomi so‘nggi turda aniqlandi. Uchta klub chempionlik uchun kurashgan 26-turning barcha uchrashuvlari bir vaqtda boshlandi.
25-turdan keyin 51 ochko bilan turnir jadvalida asosiy raqiblari "Navbahor" (50) va "Nasaf"dan (49) oldinda borayotgan "Paxtakor" mavsumning oxirgi tur uchrashuvida "Jar" stadionida "Bunyodkor" mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida 15-bor mamlakat chempioniga aylandi. Chempionlik qo‘lga kiritilgan uchrashuvdagi gollarga Dragan Cheran va Aziz Turg‘unboyev mualliflik qildi. Yakunda chempion "Paxtakor" hisobida 54, vitse-chempion "Navbahor"da 53 va uchinchi o‘rin egasi "Nasaf"da 49 ochko qayd etildi.
Coca-Cola Superliga. 26-tur
12-noyabr, shanba
Toshkent. "Jar" stadioni. 7614 tomoshabin
Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Husniddin Shodmonov, Shavkat Rahmatov, Sultonmurod Abdurahmonov
VAR hakami: Rahimbek Karimov
AVAR hakami: Andrey Sapenko
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Bekzod Aripov
Gollar: Dragan Cheran, 14 (0:1), Aziz Turg‘unboyev, 16 (0:2)
"Bunyodkor": Suhrob Sultonov, Mahmudjon Mahamadjonov, Davronjon Ergashev, Avazbek O‘lmasaliyev, Fransis Narh, Dmitrie Pobulich (Ollobergan Karimov, 55), Jasur Hakimov (Farhod O‘tkirov, 67), Pavel Mogilevets (Abdulloh Omonaliyev, 46), Muzaffar Olimjonov (Usmonali Ismonaliyev, 22), Umarali Rahmonaliyev, Jahongir O‘rozov (Jasurbek Yoqubov, 46)
"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Oleksandr Nasonov, Odiljon Hamrobekov, Azizbek Turg‘unboyev (Ikromjon Aliboyev, 77), Dragan Cheran, Dostonbek Hamdamov (Hojiakbar Alijonov, 85), Sardor Sobirxo‘jayev, Farruh Sayfiyev, Abbosbek Fayzullayev, Dostonbek Tursunov, Shahzod Azmiddinov
Ogohlantirishlar: Mahmudjon Mahamadjonov, 18, Davronjon Ergashev, 56, Avazbek O‘lmasaliyev, 76, Jasurbek Yoqubov, 79 — Farruh Sayfiyev, 75, Shahzod Azmiddinov, 90+4
Chetlatish: Abdulloh Omonaliyev, 82 qizil kartochka (Bunyodkor).