Mirjalol Qosimov: AGMK tarixda uchinchi bor OChLda o‘ynaydi

Coca-Cola Superliga 25-turidan o‘rin olgan AGMK – “Olimpik” (6:0) o‘yinidan so‘ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Jamoamiz uchun bugungi o‘yin OChLga yo‘llanma beruvchi bahs bo‘lgani tufayli ham muhim edi va futbolchilar ushbu o‘yindagi vazifani a’lo darajada uddalashdi. AGMK tarixda uchinchi marotaba xalqaro musobaqada o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi”, – dedi Qosimov

Noqulay ob-havoga qaramasdan bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarga rahmat aytaman va bugungi g‘alabani ularga bag‘ishlaymiz. Joriy mavsumdagi oxirgi uy uchrashuvimizni yuqori notada va a’lo kayfiyatda tugatdik.

Endilikda bizni Namanganda mavsumni yakunlovchi o‘yin kutmoqda. Ushbu bahsda ham g‘alabaga intilib, maksimal natijaga erishishga harakat qilamiz”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb