Coca-Cola Superliga 25-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Neftchi” (0:1) o‘yinidan so‘ng mexmon jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko shogirdlariga iflos futbol o‘ynash bo‘yicha ko‘rsatma bermaganini, o‘yindan oldin ligada qolish vazifasi bajarilgani bois futbolchilar ortiqcha bosimdan qutulishgani hamda kelasi mavsum rejalari haqida gapirdi.
“Raqibga atayin tashabbusni berishni va ikkinchi raqam ostida o‘ynashni reja qilgan edik. Reja amalga oshdi va ikkinchi taym so‘nggi daqiqalarida gol urdik. Raqibda bir ikki vaziyat bo‘ldi, ammo foydalana olmadi. Biz ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin yigitlar bilan gaplashib oldik va o‘yinlarni tahlil qildik”, - deydi murabbiy.
“Biz bu erga kurashish uchun kelgan edik. Musobaqa jadvali shuni taqozo etardi. Bizdan avval tugagan uchrashuvdan qat’iy nazar motivatsiya kuchli edi. Ligada qolishimiz masalasi hal bo‘lgach, elkamizdan tog‘ ag‘darildi va bu bizga o‘yinda erkin o‘ynash imkonini berdi”.
“Futbolchilar maydonda yotib olganlari haqidagi fikrga qo‘shilmayman. Balki sizga shunday tuyulgandir, ammo men shogirdlarimga bunday ko‘rsatma bermaganman”.
“Men jamoaga kelganimda ligada qolish vazifasi qo‘yilgandi. Kelgusi rejalar haqida rahbariyat bilan uchrashgandan keyin aytishim mumkin”.