
Bugun Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionida "Bunyodkor-W" va "Sevinch" jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi (0:0) va shu sabab qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat etildi.
Ekstra taymning 4–28-daqiqalarida esa Mahliyo Sarikova tomonidan kiritilgan gollar qarshiliklarning o‘n birinchi bor kubokda g‘olib chiqishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston kubogi W. Final
5-noyabr, shanba
Qarshi. “Markaziy” stadion. 1012 tomoshabin
Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Mahmud Turdiyev, Feruz Dostonov, Shuhrat Rajabov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
Komissar: Adelya Kurmayeva
Gollar: Mahliyo Sarikova, 94 (0:1), Mahliyo Sarikova, 118 (0:2)
"Bunyodkor-W": Zarina Saidova, Kamola Risqiyeva, Lyudmila Karachik, Ayjan Boronbekova (Ilvina Ablyakimova, 71), Ziyoda Irisboyeva, Marina Kosnikova, Umida Zoirova, Yulduz Nabiyeva, Nozimaxon Ergasheva, Aziza Norboyeva (Alina Almatova, 90), Dildrabo Asadova
"Sevinch": Maftuna Jonimqulova, Laylo Tilovova, Albine Ngonja, Fuseina Mumuni, Maftuna Shoyimova, Saida Galimova, Gulzoda Amirova, Greys Dangmey (Nilufar Qudratova, 90+1), Soliha Husniddinova, Malika Burxonova, Mahliyo Sarikova
Ogohlantirishlar: Kamola Rizqiyeva, 20, Lyudmila Karachik, 93 — Fuseina Mumuni, 8, Mahliyo Sarikova, 42, Gulzoda Amirova, 86.