Migel Alvares: “Klubga kelganimdan buyon uslubimizni o‘zgartirishga harakat qildim”

Coca-Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Surxon” (2:1) o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Migel Alvares jamoaga kelganidan buyon o‘z uslubini takomillashtirishga harakat qilayotgani, jamoa muxlislari va qachon Termizda o‘ynashlari mumkinligi haqida gapirdi.

“Birinchi bo‘limda raqib bilan tengma-teng o‘ynayotgan edik. Ikkinchi bo‘limda biz ustunlikka erisha oldik, ammo, raqib bizdan bir gol ko‘proq urdi. Jamoaga kelganimdan buyon o‘z o‘yin uslubimni tadbiq etishga harakat qilayapman. Ko‘proq pas o‘ynash, to‘pni nazorat qilishda ancha ishlashimiz talab etiladi”, - deydi Alvarez.

“Muxlislarga alohida rahmat aytish kerak. Uzoq yo‘ldan kelib, qo‘llab quvvatlashmoqda”.

“Bu yil Termizda o‘yin o‘tkazmasak kerak. Bu masalada klub menejmenti ishlayapti. Kelasi mavsum, albatta o‘z uyimizda o‘ynaymiz, deb umid qilaman”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb