Coca-Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “So‘g‘diyona” (2:0) o‘yinidan so‘ng mezbon jamoa ustozi Maksim Shatskix jamoasining o‘yinidan ko‘ngli to‘lgani, himoyachilar va jamoaning hozirgi kundagi zaxira o‘rindig‘i haqida gapirdi.
“O‘yindan qoniqdim. Mashg‘ulotlarda ishlangan holatlarni bajara oldik. Natijadan ham, o‘yindan ham qoniqdim. Sifatli o‘ynadik”, - deydi Shatskix.
“Jamoamiz himoyachilarini solishtirish noto‘g‘ri. Ular turlicha. Doston va Shahzod markazda ishonchli o‘ynashmoqda. Ularga e’tiroz yo‘q. Sherzod A’zamovga esa tezroq tuzalib qaytishini tilayman. Nasonov va Martinovichda muammo yo‘q. Shunchaki, hozir himoyachilarimizni almashtirishdan naf ko‘rmayapman”.
“Zaxira o‘rindig‘imiz tor, istaganimizcha futbolchi yo‘q. Mavsum yakunini kutamiz”