
“Navbahor” hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Coca-Cola kubogi final uchrashuvidan (1:2) so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Uning ikkinchi qismida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev hamda o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Lima Kruz Mateus ishtirok etdi.
“Birinchi bo‘limda mazmunli sifatli o‘yin ko‘rsatdik. Ikkinchi taym o‘rtasiga qadar bu darajani saqlab turdik. Ammo gol o‘tkazib yubordik. Balki, bu charchoq alomatidir.
Qo‘shimcha bo‘limlarda esa yigitlar qiyin bo‘lsada, o‘zlarida kuch topa bilishdi va raqib darvozasiga gol kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Albatta, bu g‘alabaga barcha o‘z hissasini qo‘shdi.
Ta’kidlab o‘tish lozim, ikkinchi kiritgan golimizda Abdirahmatov o‘z mahoratini namoyish etdi. O‘ylashimcha, barchani xursand qilgan g‘alabaga erishdik.
Hisobni yana saqlab qolishga harakat qilyapmiz. Balki, bu ruhiy tayyorgarlik bilan bog‘liqdir. Natijada o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. Bu holat bir necha bahslarda ham takrorlangan edi. O‘yinii davom ettirish kerak, buni yigitlarga ham uqtirgan edik. Qo‘shimcha bo‘limlarda jismoniy imkoniyat juda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zingiz ham aytganingizdek, biz qo‘shimcha bo‘limlarda yana ustunlikka ega bo‘ldik. Zaxiradan 2 nafar futbolchini maydonga tashlaganimiz o‘yinimizga tezlik qo‘shdi.
Albatta, bugungi g‘alabada asosiy ishni Lima Kruz bajardi. U jamoamizga dastlab kelganida jismoniy imkoniyati yaxshi emasdi. Buni o‘zi ham aytib o‘tgan. Asta-sekinlik bilan biz uni jamoaga moslashtirib borayapmiz, bugun u hal qiluvchi pallada gol urib jamoamizga g‘alaba keltirdi.
O‘tgan mavsumda Kaledurovich transferi ham shu kabi savollarga sabab bo‘lgan edi. Men o‘shanda undan 20 ta gol kutmayotganimni, hal qiluvchi pallalarda jamoamizga foydasi tegishi zarurligini aytgandim. Ko‘rgan bo‘lsangiz, o‘shanda u yarim finalda gol urib jamoamizni finalga chiqishiga hissa qo‘shgandi.
Oliy maqsadimiz Superliga g‘olibligiga qaratilgan. Yigitlar bilan gaplashib oldik, biz hozirdanoq “Dinamo” bilan o‘yinga tayyorgarlikni boshlashimiz zarur.
Mendagi asosiy boshog‘riq muammolardan biri ham aslida. Eshitishimizga qaraganda "Paxtakor" ayrim futbolchilarimizga "sovchi qo‘yayotgan" ekan. Biz hozir "Paxtakor" darajasiga chiqib bo‘ldik. Shu sababdan ham "Nasaf"ni "Paxtakor"ga almashtirish to‘g‘ri bo‘ladi deb o‘ylamayman”, – dedi Berdiev.
Lima Kruz Matus (Final bahsining eng yaxshi futbolchisi)
Bugun fantastik darajadagi o‘yin guvohi bo‘ldik. G‘alabani qo‘lga kiritga olganimizdan xursandman. Mazkur bahs futbolchilik faoliyatimdagi eng baxtli kunlarimdan biri. Boisi, bunday sovrinni qo‘lga kiritish juda ham katta faxr beradi.
"Nasaf" o‘tgan mavsumda ham bu sovringa ega chiqqan ekan. O‘yindan oldin biz jamoamiz bilan oxirigacha kurashishga kelishib olgan edik. Bugun hamma bir tanu-bir jon bo‘lib harakat qildi va yakunda g‘alabaga erishdik.