
Bugun “Buxoro” sport majmuasida “Navbahor” hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Coca-Cola kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi (1:1) va shu sabab qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat etildi.
Ekstra taymning 11-daqiqasida esa Lima Kruz Mateus tomonidan kiritilgan gol qarshiliklarga ketma-ket ikkinchi bor kubokda g‘olib chiqishiga sabab bo‘ldi – 2:1. Shu tariqa, “Nasaf” OChLning 2023/24 yilgi mavsum guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Coca-Cola kubogi. Final
30-oktyabr, yakshanba
Buxoro. “Buxoro” sport majmuasi. 13331 tomoshabin
Hakamlar: Vadim Agishev, Husniddin Shodmonov, Obid Jumayev, Temurbek To‘xtasinov
VAR hakami: Rahimbek Karimov
AVAR hakami: Aleksandr Sidorov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Bekzod Aripov
Gollar: Akmal Mozgovoy, 29 (0:1), Doniyor Abdumannopov, 58 (1:1), Lima Kruz Mateus, 101 (1:2)
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Boyan Tsiger, Rustamjon Ashurmatov, Jamshid Iskanderov, Jamshid Boltaboyev, Doniyor Abdumannopov (Diyorjon Turopov, 83), Davronbek Hoshimov (Stanislav Andreyev, 71), Zoran Marushich, Asadbek Sobirjonov (Jasur Yaxshiboyev, 109).
“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullayev, Sharof Muhitdinov (Sherzod Nasrullaev, 61), Dilshod Saitov (Zafarmurod Abdirahmatov, 98), Lima Kruz Mateus, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov (Bahrom Abdurahimov, 61), Marko Stanoevich, Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Yovan Jokich, 73 – Akmal Mozgovoy, 89, Bahrom Abdurahimov, 90+2, Lima Kruz Mateus, 101, Zafarmurod Abdirahmatov, 107.