Mirjalol Qosimov: “OChLga chiqish uchun oxirigacha kurashamiz”

Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan AGMK – “Dinamo” (4:0) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoasining mavsumdagi asosiy maqsadi haqida gapirdi.

“Katta ustunlikka ega bo‘lib, kerakli g‘alaba va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. O‘yin uchun futbolchilarga va stadionga kelib bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat”, - dedi Qosimov.

“Bizni yana muhim uch o‘yin kutmoqda. Maqsad OChLga yo‘llanmani qo‘lga kiritish va buning uchun oxirigacha kurashamiz”

mib
uzcard
cola
apex
bmb