“Fidokor” va “Stroitel Zarafshon” jamoalari O‘zPFL qatnashchilari safidan chiqarildi

O‘zbekiston Professional futbol ligasiga “Fidokor” va “Stroitel Zarafshon” jamoalari tomonidan moliyaviy holat bilan bog‘liq muammolar sabab futzal musobaqalarida ishtirok eta olmaslik bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

“Fidokor” jamoasi 2021/22-yilgi mavsumni Birinchi ligada o‘tkazib, birorta g‘alabasiz mavsumni so‘nggi o‘rinda yakunlagan, qo‘shimchasiga, so‘nggi tur uchrashuvlariga tashrif buyura olmagandi. “Stroitel Zarafshon” jamoasi esa xuddi shu mavsumni Oliy ligada o‘tkazib, so‘nggi o‘rinni egallagani oqibatida 2022/23-yilgi mavsumni quyi divizionda davom ettirishi kerak edi. O‘zPFL Ustavining 4.6-bandiga muvofiq jamoa yuqori toifadagi ligada ishtirok eta turib musobaqadan chetlashtirilsa, mazkur jamoada yangi mavsumni bitta quyi divizionda boshlash imkoniyati bo‘lishi mumkin edi. “Stroitel Zarafshon” esa Birinchi ligada ishtirok etishi kerak bo‘lgan holatida unda ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.     

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zPFL Ustavining 4.7-bandiga muvofiq “Fidokor” va “Stroitel Zarafshon” klublari futzal musobaqalaridan chetlashtirildi hamda Liga qatnashchilar safidan chiqarildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb