Ro‘ziqul Berdiyev: “Gol ura olmagani uchun Markoni ayblash to‘g‘ri emas”

Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Bunyodkor” (1:1) o‘yinidan so‘ng mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiev, so‘nggi o‘yinlarda jamoasi birinchi bo‘limlarni zaif o‘tkazgani, raqiblar ularga qarshi o‘yinlarda qanday o‘ynayotgani va Marko Stanoevichni ayblamasligi haqida gapirdi.

“Alamli o‘yin bo‘ldi. G‘alabaga yaqin edik, ammo g‘alaba qozona olmadik. Ikki ochko yo‘qotdik. Ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadik. O‘zi, umuman oxirgi o‘yinlarda birinchi bo‘limlarni sust o‘tkazayapmiz. AGMK va “Qizilqum”ga qarshi o‘yinlarda ham shunday bo‘lgan edi. Raqiblarni ham tushunamiz, ko‘p jamoalar bizning ochko yo‘qotishimiz uchun kurashayapti”, - dedi Berdiyev.

“Raqiblar so‘nggi o‘yinlarda bizga bo‘sh xududlar qoldirishmayapti. Shu sababdan ham bugun asosan qanotlardan uzatmalar bilan o‘ynashga harakat qildik va ushbu uslubga mos futbolchilarni tushirdik”.

“Bizda shtatdagi penaltichi Norchaev, ammo u so‘nggi daqiqalarda maydonda bo‘lmagani uchun, Marko vaziyatni o‘z zimmasiga oldi. Gol ura olmagani uchun uni aybdor qilish to‘g‘ri emas”

mib
uzcard
cola
apex
bmb