Vitaliy Levchenko: “Birinchi taymda raqibdan bunday o‘yin kutmagan edik”

Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Neftchi” (1:0) o‘yinidan so‘ng mehmonlar ustozi Vitaliy Levchenko birinchi bo‘limda mezbonlar to‘liq ustunlikka erishgani, o‘yinchilariga nima etishmagani va birinchi davra o‘yinlari haqida fikr bildirdi.

“Birinchi bo‘limda raqibdan bunday ajoyib va mardonavor o‘yin kutmagan edik. Ular ilk 45 daqiqada katta ustunlik qilishdi. Bizga konsentratsiya va tartib etishmadi”, - dedi Levchenko.

“Ko‘rgan bo‘lsangiz birinchi davrani ham uyda o‘tkazmadik. Yaypandagi stadion bizning uy stadionimiz emas. Shunday ekan, biz birinchi davrani ham mehmonda o‘tkazdik deyish mumkin”.

“Ikkinchi bo‘limdagi o‘yin uchun shogirdlarimga e’tirozim yo‘q. Shunchaki, diqqatni jamlash qiyin bo‘layapti. Salamat Quttiboev biroz charchab qoldi. O‘z pozitsiyasiga qaytishga ulgurmayotgan edi, shu bois, o‘rniga yangi futbolchi tushirdik”.

“Chempionat hali tugamadi va o‘zimizni erkinroq his qilish qolgan o‘yinlarda uchun maksimal ochko to‘plashga harakat qilamiz”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb