
Buxoro mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston Coca-Cola kubogining final uchrashuvi uchun chiptalar savdosi boshlandi. Ayni vaqtda narxi 35 ming so‘mdan bo‘lgan 2A, 2B hamda 18-sektor, shuningdek, CIP1 chiptalarini onlayn sotib olish imkoniyati mavjud. Buning uchun mazkur havolaga yo‘l olish tavsiya etiladi.
Ertaga — 26-oktyabr kuni Namangan hamda Qarshidagi markaziy stadion kassalariga final chiptalari etib boradi. Avvaldan xabar berilganidek, “Nasaf” stadioni kassalarida 6, 7, 8-sektorlar chiptalari, “Navbahor” stadioni kassalarida esa 12, 13, 14-sektorlar chiptalari sotiladi. 9, 11, 10A, 10B sektorlar uchun chiptalar 27 oktyabr kunidan e’tiboran “Buxoro” stadioni kassalarida savdoga chiqariladi. Qarshidagi kassa tahminan soat 11:00 dan keyin, Namangandagi kassa esa tahminan 13:00 dan keyin chiptalarni savdoga chiqarishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: bir nafar shaxs maksimum 5 tagacha chipta sotib olishi mumkin.