Birinchi liga 24-tur uchrashuvlari doirasidagi “Aral” — “Do‘stlik Oltiariq” o‘yini mehmon jamoaning uchrashuvga tashrif buyura olmagani sababli o‘tkazilmaydi. 21-oktyabr kuni oltiariqliklar O‘zPFLga xat yuborib, moliyaviy muammolar tufayli “Aral” bilan o‘yinga bora olmasliklari mumkinligini ma’lum qilishgan edi.
Shuni inobatga olgan holda mazkur uchrashuvda “Musobaqalar reglamenti”ning 6.8-bandiga asosan “Do‘stlik Oltiariq” jamoasiga 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat, “Aral”ga esa 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yoziladi.
Agar bunday holat ikkinchi bor takrorlangan taqdirda jamoa O‘zPFL Ijroqo‘mi qaroriga ko‘ra, liga ishtirokchilari safidan chiqarilishi mumkin.