Jahon futbol ligalari forumi Osiyo yetakchilari uchun uchrashuv tashkil qildi

Dubayda Jahon professional futbol ligalari assotsiatsiyasining 2022-yilgi forumi bo‘lib o‘tdi. Forum tashkilotchilari Osiyo qit’asi vakillarining alohida yig‘ilishini ham o‘tkazdi. Unda Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Qatar, BAA, Malayziya hamda Hindiston ligalari ishtirok etdi.

2022-yildan boshlab Osiyo futbol konfederatsiyasi ham qit’aning yetakchi ligalari bilan o‘zaro fikr almashishni yo‘lga qo‘yganini qayd etish kerak. Osiyo qit’asining qolgan konfederatsiyalardan sezilarli katta ekanligi goegrafiya, iqlim, masofa, futbolning rivojlanishi tezligi kabi masalarga o‘z ta’sirini o‘tkazib keladi. Shu kunga qadar musobaqalarga asosan terma jamoalar nuqtai nazari bilan e’tibor qaratilgan bo‘lsa, endilikda yuqorida qayd etilgan davlatlar ligalari o‘zaro hamkorlikda harakat qilishni boshladi. Bu esa klublar ishtirokidagi musobaqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

O‘zbekiston Professional futbol ligasi klublarni litsenziyalash masalasida 2021-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha Osiyoda Yaponiya va Janubiy Koreyadan keyin uchinchi bo‘lganini qayd etish kerak. Shunga qaramay, media va marketing masalalarida qit’a yetakchilari boshqa mamlakat ligalari hisoblanadi. O‘zPFL mavjud muammolarni o‘rganish va bunda yetakchilarga maksimal yaqin bo‘lish harakatlarini allaqachon boshlagan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb