Bugun O`zbekiston birinchiligi 2010yil mavsumining ikkinchi bosqich uchrashuvlariga qur`a tashlandi. Eslatib o`tamiz, ushbu bosqichda guruhlarning birinchi 8 jamoalari faqatgina boshqa guruh vakillari bilan o`zaro bahslashishadi. Qur`a natijasiga ko`ra ikkinchi bosqichning 1-tur uchrashuvlarini “Sharq”liklar o`z maydonlarida o`tkazishadigan bo`lishdi.
1- tur. 12 avgust
«Bunyodkor» (Chirchiq) – «Dinamo-G`allakor» (G`allaorol)
«NBU-Osiyo» (Toshkent) – «Zarafshan-NTsZ» (Navoi)
«Imkon-Oltiarik» (Oltiarik) – «Mash`al-Akademiya» (Muborak)
«Oktepa» (Toshkent) – «Sho`rchi-Lochin» (Sho`rchi)
«Do`rmon-Sport» (Qibray) – «Buxoro» (Buxoro)
«Lokomotiv-BFK» (Toshkent) – «Xiva» (Xiva)
«Chust-Paxtakor» (Chust) – «So`g`diyona» (Jizzax)
«Kosonsoy» (Kosonsoy) – «Guliston» (Guliston)
2- tur. 15 avgust
«NBU-Osiyo» - «Dinamo-G`allakor»
«Bunyodkor» - «Zarafshan-NTsZ»
«Oktepa» - «Mash`al-Akademiya»
«Imkon-Oltiarik» - «Sho`rchi-Lochin»
«Lokomotiv-BFK» - «Buxoro»
«Do`rmon-Sport» - «Xiva»
«Kosonsoy» - «So`g`diyona»
«Chust-Paxtakor» - «Guliston»
Taqvimning to`liq ko`rinishini yaqin vaqt ichida saytimiz orqali bilib olishingiz mumkin.
Guruhlarda 9-12 o`rinlarni qo`lga kiritishgan jamoalar shu yilning sentyabr oyida o`zaro bir davrali tizimda tashkil etiladigan musobaqada ishtirok etishadi. Unda birinchi bosqichda ko`lga kiritilgan ochko va urilgan gollar inobatga olinmaydi. Musobaqa yakunida birinchi va ikkinchi o`rinni olgan jamoalar keyingi mavsumda O`zbekiston 1-Liga musobaqasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`ladi.