Nikola Lazarevich: “Fikrimcha, ligadagi eng kuchli raqibga yutqazdik”

Coca Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Nasaf” (1:2) o‘yinidan so‘ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Nikola Lazarevich bugungi raqibi, jamoadagi tartib-intizom hamda Ignatiy Nesterovning nima uchun zaxirada qoldirilgani borasida gapirdi.

“Fikrimcha, bugun Superligadagi eng kuchli raqibga mag‘lub bo‘ldik. “Nasaf”ni mavsum boshlanmasidan oldin Turkiyadagi yig‘inda ko‘rgan edim. O‘shanda ham jamoaning o‘yini menda iliq taassurot qoldirgan edi va chempionlikka asosiy da’vogar ekanligini aytgan edim. Bugun maydonda bir kishi kam o‘ynaganimizga qaramay, etarlicha qarshilik ko‘rsata oldik. Raqib imkoniyatidan foydalanib gol urib ketdi”, - deydi Lazarevich.

“So‘nggi o‘yinlarda bir necha futbolchilarimiz qizil kartochka olishdi. Ammo, shunday bo‘lsada, jamoamizda tartib-intizom yaxshi deya olaman”.

“Javohir Ilyosov hozir yaxshi holatda. Bugungi uchrashuvda bir qator vaziyatlarda jamoamizni gollardan saqlab qoldi. Nesterovning zaxirada qolishiga jiddiy sabab yo‘q, shunchaki, hozir Ilyosov yaxshi formada”

mib
uzcard
cola
apex
bmb