Coca Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Nasaf” (1:2) o‘yinidan so‘ng mehmon jamoa ustozi Ro‘ziqul Berdiyev birinchi bo‘limdagi muhim vaziyat, Limaning goli va G‘olib G‘aybullaevning nima uchun pozitsiyasini almashtirgani borasida gapirdi.
“Raqib har tomonlama kuchli va tajribali edi. Ularning maydonida o‘ynaganimizga qaramay, yigitlar shunga mos harakat qilishdi. Birinchi bo‘limda mezbonlar futbolchisi birga-bir vaziyatda qolganda darvozabonimiz qutqarib qoldi. Bu o‘yinning muhim pallasi edi. Agar gol bo‘lganida, ishimiz yanada qiyinlashar edi”, - dedi Berdiev.
“Lima oxirgi o‘yinlarda juda yaxshi harakat qilayapti. Balki kam gol urayotgandir, ammo raqiblarga yaxshigina bosim qilayapti, kurashlarda faol va jamoamizga katta foyda keltirmoqda. Chempionlik goli deyishga hali biroz erta. Ammo, u bugun jamoamiz uchun muhim golni kiritdi”.
“Alibek Davronovning yo‘qligi tufayli bugun uning pozitsiyasida G‘olib G‘aybullayev o‘ynadi. Oldinga ko‘proq chiqishining sababi esa – vaziyat taqozosi”