Mirjalol Qosimov: “Jamoada hech kimga asosiy tarkib kafolatlanmagan”

Coca Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – AGMK (0:1) o‘yinidan so‘ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoaning mavsumdagi maqsadi, Muhammadanas Hasanov hamda rotatsiya haqida gapirdi.

“Bugun “Bunyodkor”ga imkoniyat qoldirmadik va muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Maqsadimiz Osiyo Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rinni qo‘lga kiritish. Oldimizda to‘rtta o‘yin bor”, - dedi Qosimov.

“Futbolda raqobatsiz o‘sish mumkin emas. Hozirda Muhammadanas mashg‘ulotlarda ham yaxshi harakat qilmoqda. Unga e’tirozim yo‘q. Vaqt ko‘rsatadi”
“Hurshid G‘iyosovning doimo asosiy tarkibda o‘ynashiga kelsak, u to‘p bilan yaxshi muomala qiladi va jamoadoshlari bilan o‘zaro bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qiladi. Ammo, unga ham, boshqalarga ham jamoamda asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan”

mib
uzcard
cola
apex
bmb