Maksim Shatskix: “FIFA kunlaridan keyin U-19dan o‘yinchi olishga majbur bo‘layapmiz”

Coca Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” (5:2) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix mamlakatdagi maydonlar sifati, FIFA kunlaridan so‘ng tarkib yig‘ishda muammolarga duch kelayotgani, Eldor Suyunov va jamoaga yangi qo‘shilgan futbolchilar haqida fikr bildirdi.

“Birinchi taymda raqib ikki zarba berib ikkita gol urdi. Ikkinchi taymda tezlik qo‘shsak, g‘alaba qozonish mumkinligiga ishonar edik. Ikkinchi taymda keskinroq o‘ynadik va maqsadga erishdik”, - deydi Shatskix.

“O‘zbekistonda sifatli maydonlar borasida muammolar bor. Bolalarimiz, yoshlarimiz uchun ham yaxshi va sifatli maydonlar kerak. Hozir hamma jamoa futbol o‘ynashni biladi. Kombinatsiyalar orqali o‘yin tashkil qiladi. Biroq, sifatsiz maydonda buni amalga oshirib bo‘lmaydi”.

“Eldor Suyunovda kichik muammolar bor. Hozir mashg‘ulotlar olib borayapti. Keyingi turgacha ma’lum bo‘ladi. Yangi qo‘shilgan futbolchilar haqida fikr bildiradigan bo‘lsak, ularning jamoamizga foydasini hozircha 50/50 sifatida baholayman. Qishda yana muhokama qilamiz. Tarkibni albatta kuchaytiramiz”

“FIFA kunlari bizga muammo tug‘dirayotgani rost. Terma jamoalarga futbolchilarimiz chaqirilsa faxrlanamiz, ammo shunday palla bo‘layaptiki, bunday yig‘inlardan so‘ng tarkibimizda 9-10 nafar futbolchi qolayapti va biz U-19 jamoamizdan o‘yinchi olishga majbur bo‘layapmiz. O‘yinchilarimizni qancha vaqtga yuboramiz, bu haqda reglament bor. Bu borada o‘zaro til topishamiz, deb o‘ylayman”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb