
“Nasaf” hamda AGMK (2:1) o‘rtasidagi O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi yarim final bahsidan so‘ng, qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev, muxlislar daldasi, hujumchilarning ishini himoyachilar qilayotgani, hozirgi zamonaviy futbolda standartlarning o‘rni va jamoasining jarohat olgan futbolchilari haqida gapirdi.
“Bugungi o‘yinda muxlislar daldasi bizga kuch berdi. Aynan ularning qo‘llab-quvvatlashlari tufayli bugun g‘alabaga erishdik. Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, ularni xursand qildik. Bundan biz ham xursandmiz”, - deydi Berdiev.
“Birinchi bo‘limda biroz qiynaldik. Ikkinchi bo‘limda esa, o‘zgarishlar orqali o‘yinni o‘zgartira oldik va g‘alabaga erishdik. Raqib haqiqatda ham kuchli edi va biz shunday raqibni enga oldik. Kubokda oxirigacha kurashamiz va nasib qilsa navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritamiz”.
“Maydonda olti nafar himoyachi bilan o‘ynadik va ulardan biri borib gol urishi kerak edi-da. Hozirgi zamonaviy futbolda standartlarda bo‘ydor himoyachilarning o‘rni alohida”.
“Bahrom Abdurahimov hozir mashg‘ulotlarga kirishdi va tez orada maydonga qaytadi. Oybek Bozorovning mushaklari lat egan. Balki keyingi o‘yinda bizga yordam berar”.