
“Nasaf” hamda AGMK (2:1) o‘rtasidagi O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi yarim final bahsidan so‘ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov standart vaziyatlarda jamoasi xatolar qilayotganini, raqibning kaysi futbolchilari o‘yinni hal qilgani hamda ikkinchi yarim finalda kim g‘alaba qozonishini ayta olmasligi haqida fikr bildirdi.
“Birinchi taymda yaxshi o‘ynagandik. Bugun ham standart vaziyatlardan keyin gol o‘tkazib yubordik. Albatta, standartlar borasida ishlashni aytgan edim. Ammo, yana shunday xatolar evaziga gol o‘tkazib yuborayapmiz. “Qizilqum” bilan o‘yinda ham standartdan gol qo‘yib yuborgan edik. Bugun raqibning ikki himoyachisi o‘yinni hal etib ketdi” – deydi Qosimov.
“Finalga yo‘l olish va shu orqali OChLga chiqishni maqsad qilgan edik. “Nasaf”ni final yo‘llanmasi bilan tabriklayman”.
“Men bashorat qilishni yoqtirmayman. Agar men yoki sizning aytganingiz bo‘lganida biz hozir finalga chiqqan bo‘lar edik”