
Bilasiz, 9-oktyabr kuni ayollar jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogining yarim final uchrashuvlari o‘tkazildi va final ishtirokchilari nomiga aniqlik kiritildi.
Unga ko‘ra, 5-noyabr kuni “Bunyodkor-W” jamoasi kubok uchun kurashda “Sevinch”ga qarshi bahs olib boradi.
Bir yil muqaddam kubokning final uchrashuviga “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qilgandi. Shundan kelib chiqib, 2022-yilgi mavsum uchun final uchrashuvi Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.