FIFA “Aral samali” futbol klubiga nisbatan transfer taqiqi belgiladi

Joriy yilning 16-avgust kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Aral samali” futbol klubi hamda uning xorijlik sobiq murabbiyi Nikolay Shevchenko o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan va unga asosan sobiq murabbiyi oldidagi moliyaviy majburiyatlarni to‘liq bajarmagani sabab “Aral samali” futbol klubiga nisbatan 45 kun muddat ichida zimmasidagi qarzdorlik masalasini bartaraf etish talabi yuklatilgan edi. 

Agar klub belgilangan vaqt ichida mazkur nizoli vaziyatni hal etmasa, “Aral samali”ga nisbatan ichki va xalqaro transferlarni amalga oshirish taqiqi avtomatik ravishda belgilanishi ma’lum qilingan. 
Biroq 7-oktyabr kuni FIFA Nikolay Shevchenkoning yuristlari murojaatiga asosan, “Aral samali” futbol klubi belgilangan muddat ichida zimmasidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarmadi, deya e’tirof etdi va klubga nisbatan transfer taqiqi belgiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb