O‘zbekiston Coca-Cola kubogining 30-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan final o‘yini sabab “Turon” va “Buxoro”ning keyingi ikki to‘qnashuvida mezbon jamoalar almashtirilgandi.
Keyinroq “Turon” tomoni bu masala yuzasidan o‘z taklifini kiritdi hamda kubok finalidan keyin maydonga tushishga rozi bo‘ldi. Mazkur taklif “Buxoro” tarafidan ham qo‘llab-quvvatlandi. Shundan kelib chiqib, Pro liga 19-turida buxorolik futbolchilar Yaypanga boradi. 24-turda esa shuning aksi kuzatiladi.