Ertaga — 10-sentyabr kuni Pro liga klublari 18-tur va shu bilan birga I bosqich uchrashuvlarini yakunlab beradi. Reglament asosida aynan shu turdan keyin jadval teng ikki qismga bo‘linadi. Bunda yuqori beshlik klublari Coca-Cola Superliga yo‘llanmasi uchun alohida kurash olib boradi, quyi beshlik esa ligada jon saqlab qolishga harakat qiladi. Har ikki holatda ham jamoalarning shu vaqtga qadar jamlagan ochkolari saqlab qolinadi.
UzReport bilan kelishuv asosida Pro liganing II bosqichiga 12-sentyabr kuni jonli efirda qur’a tashlab beridi va u 19:00 da Futbol-TV kanali orqali ko‘rsatiladi.