
O‘zbekiston ayollar terma jamoasining rejasi haddan tashqari kech tasdiqlanishi va bunda FIFA kunlari chegarasidan chiqilishi oqibatida O‘zPFL chempionat taqvimini yana o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, ayollar termasi Yaponiyadan 14-sentyabr kuni qaytib keladi (FIFA kunlari 7 sentyabr kuni yakuniga etadi). Shundan kelib chiqib, chempionatning 15-tur uchrashuvlari 19-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mos ravishda keyingi tur o‘yinlari 23 va 28-sentyabr kunlari o‘tkaziladi. O‘zbekiston kubogining ¼ final o‘yinlari 2-oktyabrga ko‘chirildi. 3-11-oktyabr oralig‘i esa ayollar uchun navbatdagi FIFA kunlari sifatida belgilab qo‘yilgan.
O‘zPFL kubokning ¼ finali uchun 8 sentyabr kuni qur’a tashlaydi. Odatga ko‘ra qur’a sahifalarimiz orqali jonli efirga olib chiqiladi.
Turlar bo‘yicha taqvim bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.