“Mash’al” — “Andijon” o‘yini 7-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Coca-Cola kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan “Andijon” yarim final yo‘lida 3-sentyabr kuni AGMK klubini qabul qiladi. MTRK bilan kelishuv asosida ½ final bellashuvlari 2-3-sentyabr kunlari o‘tishi avvaldan belgilab qo‘yilgandi. O‘z-o‘zidan OFK kubogida ishtirok etayotganidan kelib chiqib, “So‘g‘diyona” ishtirokidagi o‘yin hamda Coca-cola Superliganing 17-turini nisbatan ertaroq o‘tkazayotgan Namangan va Toshkent grandlari ishtirokidagi o‘yin 2-sentyabrda o‘tishi oydinlashdi. Qolgan ikki bellashuv esa 3-sentyabrdan joy oldi. 

Elita yo‘lida kurash olib borayotgan Muborak va Andijon jamoalari 6-sentyabr kuni Pro liga doirasida to‘qnash kelishi kerak edi. Kubok o‘yini sabab mazkur bellashuv 7-sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Pro liganing 18-tur bellashuvlari esa o‘zgarishsiz qoladi va barcha jamoalar sport printsiplaridan kelib chiqib, I bosqichning so‘nggi turini bir vaqtda o‘tkazadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb