“2022-yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 6.6-bandida O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalariga uch va undan ko‘p futbolchisini bergan klublar (qolgan terma jamoalarga xorijiy yig‘in uchun uch va undan ko‘p futbolchi bergan) chempionat va O‘zbekiston kubogi uchrashuvlari sanasini boshqa kunga ko‘chirishni so‘rab murojaat qilishga haqlidir deb belgilangan.
“Andijon II” jamoasining 4 nafar futbolchisi O‘zbekiston yoshlari safida xalqaro yig‘inga jo‘nab ketayotgani sabab klub O‘zPFLga “Qizilqum-farm” hamda “Paxtakor-79” jamoalariga qarshi uchrashuvlarni keyinroq muddatga qoldirishni so‘rab murojaat qildi va shu boisdan mazkur o‘yinlarda avval belgilanganidan keyinroq o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Terma jamoaning Toshkentga qaytish sanasidan kelib chiqib, Birinchi liga 18-turidan o‘rin olgan uchrashuvi masalasida alohida xabar beriladi. Qoldirilgan uchrashuvlarning yangi sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.