Oliy liga-2022/23 uchun 20-avgust kuni qur’a tashlanadi

Futzal yangi mavsumi startiga sanoqli kunlar qoldi. Avval xabar berilganidek, 30-avgust kuni “Yunusobod sport majmuasi” AGMK va “Jizzax Kenteks” o‘rtasidagi Superkubok uchrashuviga mezbonlik qiladi. 

O‘zPFL mavsumiy reja ishlab chiqishdan oldin futzal termasi ustozi Bahodir Ahmedov rejalari bilan qiziqqandi. Ma’lumki, 27-sentyabr kuni Kuvaytda Osiyo chempionati start oladi. Shundan kelib chiqib, sentyabr oyida iсhki chempionatning faqatgina 1 ta tur uchrashuvini o‘tkazish uchun imkoniyat bor. Qolgan vaqt davomida asosiy futzalchilar terma jamoa ixtiyorida bo‘ladi. 

Rejaga ko‘ra, 4-9-sentyabr kunlari chempionatning ilk tur uchrashuvlari Jizzaxda bo‘lib o‘tadi. Mos ravishda keyingi turlar 18-23-oktyabr (Xorazm), 13-18-noyabr (Toshkent), 1-4-dekabr (Farg‘ona), 22-25-dekabr (Olmaliq) ketma-ketligida o‘tadi. Bunga qadar O‘zPFL boshqa ehtimoliy mezbon shaharlardagi zallarni o‘rganadi. Ular talabga javob bersa, 2023-yildan boshlab Qarshi, Samarqand, Buxoro shaharlari ham futzal chempionatini qabul qilishi mumkin. Bu haqda keyinroq batafsil ma’lumot beriladi. 

Oliy liganing 2022/23-yilgi mavsumiga ertaga — 20-avgust kuni qur’a tashlanadi. Jarayon 11:00 dan boshlab sahifalarimiz orqali jonli efirga uzatiladi. 

Futzal chempionatining yangi mavsumida ham 12 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Bular: “Jizzax Kenteks”, AGMK, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Metallurg”, “Maksam Chirchiq”, “Neftchi”, “Navbahor”, BMB, “Oil star”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb