O‘zbekiston Coca-cola kubogi. ¼ final uchun 25-avgust kuni qur’a tashlanadi

21-25-avgust kunlari O‘zbekiston Coca-cola kubogining 1/8 final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. ¼ final uchrashuvlari esa 2-3-sentyabr kunlarida o‘tishi rejalashtirilgan.

¼ final juftliklari masalasiga 25-avgust kuni oydinlik kiritiladi. Shu kuni soat 19:00 da kubok doirasidagi AGMK — “Metallurg” o‘yini bo‘lib o‘tadi. “Sport” telekanali bilan kelishuv asosida mazkur bellashuvning tanaffusi vaqtida ¼ finalga qur’a tashlanadi va u jonli efirga uzatiladi. 

2-3-sentyabr kungi bellashuvlar 17:00 hamda 20:00 da start olishi belgilangan. Juftliklar shakllangach, qaysi o‘yin qaysi vaqtda va kunda bo‘lib o‘tishiga oydinlik kirtiladi.   

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Coca-cola kubogining final uchrashuvi 30-oktyabr kuni Buxoroda bo‘lib o‘tadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb