
Xabaringiz bor, kecha ayollar jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, “Andijon-W” va “Buxoro-W” chorak final yo‘llanmasi uchun o‘zaro bahs yuritadigan bo‘ldi.
Mazkur uchrashuv aslida 21-avgust kuni bo‘lib o‘tishi lozim edi. Biroq ayni paytda Ayollar Birinchi ligasi bahslari Andijon shahrida bo‘lib o‘tayotgani va “Buxoro-W” futbolchi qizlari Andijonda bo‘lib turgani tufayli “Buxoro” jamoasi O‘zbekiston kubogi doirasidagi o‘yinni muddatidan avvalroq o‘tkazish yuzasidan O‘zPFLga rasmiy murojaat qildi.
Har ikki jamoa roziligi sababli “Andijon-W” – “Buxoro-W” uchrashuvi 16-avgust sanasida bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston kubogi. 1/8 final
16-avgust, seshanba
ANDIJON-W – BUXORO-W