
Xabaringiz bor, ayni kunlarda “Bunyodkor” stadioni chimini yangilash ustida ish olib borilmoqda. Shu boisdan “Bunyodkor” jamoasi o‘z uy uchrashuvlarini boshqa o‘yingohda o‘tkazishi lozim.
O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichi doirasidagi “Bunyodkor” — “Lokomotiv” uchrashuvi mezbon klubning O‘zPFLga taqdim etgan xatiga asosan, Olmaliq shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Buni inobatga olgan holda O‘zbekiston kubogining 1/8 finalidan joy olgan mazkur uchrashuv avvaldan belgilanganidek 22-avgust kuni emas, balki 21-avgust sanasida bo‘lib o‘tadi. Sababi Olmaliqdagi stadion 23-avgustda “Surxon” — “Nasaf” uchrashuvini ham qabul qilishi kerak.
“Bunyodkor” — “Lokomotiv” o‘yini 21-avgust, yakshanba kuni Olmaliqdagi “OKMK” sport majmuasida soat 19:00 da boshlanadi.