Coca-cola Superliga, Birinchi liga hamda U21 chempionatida qoldirilgan o‘yinlar bor

O‘zbekiston U23 terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtiroki sabab Coca-cola Superliganing 11-turidan joy olgan ikki uchrashuv noma’lum muddatga qoldirilgandi. Endilikda mazkur uchrashuvlar sanalari aniq bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Jizzaxda kechishi kerak bo‘lgan “So‘g‘diyona” — “Paxtakor” o‘yini 6-avgust sanasida bo‘lib o‘tadi. “Dinamo” va “Nasaf” klublari esa Samarqandda 7-avgustda to‘qnash keladi.

Shuningdek, Birinchi liga 13-turidan joy olgan “Aral” — “Navbahor-farm” hamda U19 chempionatining 11-turidan o‘rin olgan “Metallurg U19” — “Buxoro U19” o‘yinlari jamoalar iltimosiga ko‘ra boshqa sanalarda bo‘lib o‘tadi. Yangi sanalar haqida O‘zPFL alohida ma’lumot taqdim etadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb