21 yoshlilar chempionatining 12-tur o‘yinlari davom ettirildi. Ta’mirlash ishlari yakuniga yetib borayotgan “Jar” stadionining zaxira maydonida o‘tgan “Olimpik” – AGMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda yirik natija qayd etildi. Maydon egalari olmaliqliklar darvozasiga javobsiz to‘rtta gol kiritishdi va turnir jadvalidagi peshqadamlik mavqelarini yanada mustahkamlab olishdi.
U21. 12-tur.
23 iyun, payshanba
NEFTChI – NASAF – 4:4 (1:2).
Farg‘ona. “Kirgili” stadioni. 26 tomoshabin.
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Bobur Zokirov, Muhammad Qurbonov
Nazoratchi: Arslon Xotamov
Komissar: Jahongir Rahmatullayev
Gollar: Shahzod Xushvaqtov, 5 (0:1), Islomjon Akramov, 13 (1:1), Shahzod Xushvaqtov, 40 (1:2), Asliddin Tursunpo‘latov, 51-pen. (1:3), Aziz Xolmurodov, 54 (1:4), Doniyor Valiyev, 68 (2:4), Dilyor Baxtiyorov, 74 (3:4), Dilyor Baxtiyorov, 89 (4:4)
Ogohlantirishlar: Shohruhbek Yoqubjonov, 49, Fahriddin Muhammadov, 57 – Zafarmurod Abdurahmatov, 64.
OLIMPIK – AGMK – 4:0 (1:0).
Toshkent. JAR stadioni. 77 tomoshabin.
Hakamlar: Akmal Rahimov, Odil O‘rolov, Ma’mur Ilhomov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Oybek Yunusov
Gollar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 41 (1:0), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 68 (2:0), Farruh Kamalov, 77 (3:0), Temur Mamasiddiqov, 83 (4:0)
Ogohlantirish: Yo‘q - Boburbek Sobirov, 19.