
Termiz shahridagi “Surxon” va “Alpomish” stadionlarida Ayollar Birinchi ligasining navbatdagi tur o‘yinlariga start berildi. Birinchi kunga belgilangan uchrashuvlarda “Dinamo-W” “Andijon-W”ni, “Buxoro-W” esa “Surxon-W”ni yirik hisoblarda mag‘lubiyatga uchratishdi. “Dinamo-W”ning sakkiz goliga etti nafar futbolchi mualliflik qilgan bo‘lsa, “Buxoro-W”ning barcha uchta goli Albina Boboqulova tomonidan amalga oshirildi.
Ayollar Birinchi ligasi.
Termiz. “Surxon” va “Alpomish” stadionlari.
4-tur. 23 iyun, payshanba
ANDIJON-W – DINAMO-W – 0:8 (0:3).
Hakamlar: Anvar Jumayev, Safarali Shaydullayev, Nigora Muhammadiyeva
Nazoratchi: Hasan Pirmatov
Komissar: Shoislom Xolmatov
Gollar: Mashhura Mirzayeva (8), Zarina Xayrullayeva (36, 65), Gulyora Mertinova (38), Shahrizoda Xikmatova (60), Aziza Useinova (66), Zarina Jumaqulova (81), Sabina Zarubina (85)
Ogohlantirish: Komila Xudoyberdiyeva (65) – yo‘q.
Chetlatish: Komila Xudoyberdiyeva (90-3, ikkinchi sariq) – yo‘q.
BUXORO-W – SURXON-W – 3:0 (1:0).
Hakamlar: Jahongir Noraliyev, Shuhrat Mirzayev, Erkin Mamatmo‘minov
Nazoratchi: Jo‘ra Xolmurodov
Komissar: Shohruh Said
Gollar: Albina Boboqulova (32, 50, 85)
Ogohlantirishlar: Yo‘q – Nilufar Murodova (30), Dildora Namozova (78).